logo333

IT PARK

Inkubatsiya markazi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali qoshidagi
IT Park inkubatsiya markazi

Inkubatsiya markazning maqsadi - startap ekotizimni rivojlantirish, respublika iqtisodiyoti sohasida yetuk kadrlarni tayyorlaydigan va chuqur ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshiradigan, ilmiy - innovatsion bilimlarni tijoratlashtirishdan iborat

Biznes g‘oyalar va innovatsion ishlanmalar

Institutda ilg‘or biznes g‘oyalar va innovatsion ishlanmalarini monitoring qilish, tanlash va inkubatsiya qilish



Biznes va startap jamoalarni shakllantirish

Yoshlar biznes va startap jamoalarini shakllantirish va loyiha faoliyatiga tayyorlash bо‘yicha innovatsiyalar sohasidagi yoshlar tashabbuslarini aniqlash

Interaktiv kurslar tashkil etish va texnik xizmat kо‘rsatish

Interaktiv kurslar tashkil etish va texnik xizmat kо‘rsatish orqali yoshlar biznes jamoalarini qо‘llab-quvvatlash


Innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish

Institut talabalari va yosh olimlarining ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga kо‘maklashish

Markaz vazifalarini amalga oshirish uchun respublikada oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va texnoparklar bilan yaqin aloqalar о‘rnatilgan

Ushbu markaz
Amaliy muammolarni hamkorlikdahal etishda va loyihalarni rivojlantirishda yordam beradi

IT bugungi kunda eng yuqori talabga ega va ustuvor sohalardan biri hisoblanadi. Startaplardan tortib eng yirik kompaniyalargacha yaxshi IT mutaxassisiga ehtiyoj sezadi. Shu tufayli ham IT mutaxassislariga boʻlgan talab juda yuqori. Tadbirkorlar, kompaniya hamda tashkilotlarning malakali IT xodimi uchun yuqori maosh toʻlashga doimo tayyor. Va bugungi kunda IT Park IT sohasini mukammal oʻrganish, hamda unda yuqori daromad qilish istagida boʻlgan barchaga oʻz xizmatlarini taqdim etishga tayyor. 

XIZMATLAR

Tanlov

Markaz startap loyihalari tanlovini tashkil etadi



Texnik xizmat

Markaz tomonidan startap loyihalari ishtirokchilariga texnik xizmat kо‘rsatish ishlari olib boradi

Trening

Markaz IT-Park inkubatsiya va akseleratsiya о‘qitish metodologiyasi dasturlari asosida startap loyihalari uchun trening tashkil etadi

Tadbirkorlik faoliyati

Markaz talabalar, magistrlar, doktorantlar, pedagog-xodimlar va keng jamoatchilikga kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini targ‘ib qiladi

Investitsiyalarni jalb qilish

Markaz talabalar va yosh olimlarning innovatsion tadqiqot va rivojlantirish loyihalari va dasturlariga investitsiyalarni jalb qiladi

Mahsulotlar sotishda kо‘maklashish

Institut talabalari va xodimlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat, texnologik, о‘quv, maishiy mahsulotlar va xizmatlar sotishda kо‘maklashish

“OTMdagi inkubatsiya markazlari” nima va ular nima uchun kerak?

Yaqin vaqtgacha talabalar oʻzlarining gʻoyalarini loyihaga aylantirish uchun maslahat va koʻrsatma berib boradigan startap platforma, mentor va murabbiylar yordamida ishlash imkoniyati yoʻq edi. Lekin, bugungi kunda IT Park va oliy ta'lim muassasalari orasidagi oʻzaro hamkorligi tufayli talabalar inkubatsiya markazlarida taʻlim olish imkoniyatiga ega boʻlishdi. IT Park va OTM tomonidan koʻrsatiladigan yordam tufayli, ular nafaqat oʻz gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishlari yoki ustoz, murabbiy va mutaxassislardan yordam soʻrashlari mumkin, balki startap ekotizimning oʻzida boʻlish va butunlay tadbirkorlik muhitini toʻliq his qilish bahtiga sazovor bo'lishadi.

“OTMdagi inkubatsiya markazlari” nima va ular nima uchun kerak?

IT Parkʼning bir yarim yillik faol faoliyati davomida Oʻzbekistonda koʻplab yoshlar hali kungacha «startap» nima ekanligi toʻgʻrisida asosiy tushunchalarga ega emasligi aniqlandi. Buni tuzatish maqsadida, IT Park oʻz faoliyatini tubdan boshlashga, shuningdek, nafaqat tashkil etilgan tadbirkorlar va yirik IT kompaniyalar bilan, balki tadbirkor boʻlish yoki yirik IT kompaniyalarga rahbarlik qilish istagida yurgan salohiyatli yosh va istiqbolli yoshlar bilan ishlashga eʻtibor qaratishga qaror qildi.

Shu tarzda, talabalar uchun moʻljallangan yuqori texnologiyali startap loyihalarni ishlab chiqish platformasi boʻlib xizmat qiladigan inkubatsiya markazlarini yaratish gʻoyasi paydo boʻldi. 

“OTMdagi inkubatsiya markazlari” nima va ular nima uchun kerak?

Inkubatsiya markazlar faoliyati doirasida talabalar uchun turli xil konsultatsiya, musobaqa, xakaton va seminarlar oʻtkaziladi. Shuningdek, universitet talabalarining inkubatsiya markazlarida vaqtini samarali va sifatli oʻtkazishiga yordam berish maqsadida, ular inkubatsiya dasturlari va ish joylari bilan taʻminlanadi.

Oliy oʻquv yurtlari qoshidagi inkubatsiya markazlari yoshlarga boshlangʻich ekotizim haqida asosiy va fundamental bilimlarni berish bilan bir qatorda, ularga oʻzlarini axborot texnologiyalari sohasida tadbirkor sifatida namoyon etishlariga yordam beradi. Shu tariqa, “startap” tushunchasi Oʻzbekistondagi biron bir talaba uchun begona boʻlmaydi.

FOYDALI havolalar

10^6 UZBEK CODERS

One million Uzbek Coders - bu dasturlashda dastlabki qadamlarni qo‘yish va IT dunyosidagi eng muhim mutaxassisliklardan birini egallash istagida bo‘lganlar uchun ideal platforma. Platformada 4 yo‘nalish bo‘yicha kurslar mavjud: ma’lumotlar tahlili, Android Development, Frontend va Fullstack. Kurslar ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi. Ikkilanmasdan, One million Uzbek Codersda o‘rganishni boshlang va kelajak kasbining egasi bo‘ling!

Batafsil

COURSERA

Coursera - bu sizga dunyoning har qanday kompaniyalarida amaliyot yoki ish topishingizda yordam beradigan haqiqiy, umum e’tirof etilgan sertifikatlarni olishingiz mumkin bo‘lgan 4 500 dan ortiq kurslarga ega eng yaxshi onlayn ta’lim platformalaridan biridir. Platformadagi bepul kurslarda ishtirok etish uchun shunchaki ro‘yxatdan o‘ting. Bu Coursera’da o‘qishni boshlash uchun eng qulay shartlardir. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Batafsil

UDEMY

Dunyo bo'ylab millionlab tahsil oluvchilar allaqachon Udemy platformasidan foydalanishni boshlab yuborishgan! Ushbu platforma orqali istalgan mavzu, yo'nalish va darajada yoki tilda o'zingiz uchun mos instruktorni tanlang Pulli kurslardan foydalanganda cheklanmagan vaqt va agar darslar yoqmasa 30 kun ichida pulni qaytarish sharti bilan to'lovlarni amalga oshirish mumkin. 60 dan ortiq tillarda 130000 dan ortiq kurslar mavjud.

Batafsil

Iqtisodiy tarmoqlar bilan IT sinergiyasi qay tarzda yaratiladi?

Barchamizga maʻlumki, iqtisodiyotning barcha sohalari axborot texnologiyalari, texnologik mahsulotlarni joriy etish va ular bilan oʻzaro bogʻliqlikka muhtoj. Bu nafaqat Oʻzbekistonga, balki butun dunyoga tegishlidir. Agar biz jahon tajribasini misol qilib qaraydigan boʻlsak, unda ishonch bilan aytishimiz mumkinki, IT mutaxassisi mustaqil ravishda iqtisodiyot, tibbiyot, turizm va boshqa yoʻnalishning xususiyatlarini qamrab ololmaydi. Innovatsion loyihani yaratish uchun “soha mutaxassisi + IT mutaxassisi” havolasidan iborat boʻlgan jamoa kerak.

Oʻzbekistonda bunday aloqani inkubatsiya markazlari orqali amalga oshirish mumkin. Bu yerda turli yoʻnalishdagi talabalar mavjud boʻlgan muammolar va ularning yechimini aniqlash, shuningdek, noyob texnologik loyihalarni yaratish maqsadida IT mutaxassislari va davlat idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlishadilar.

"IT Park" o'zi nima?

IT Park – bu IT-kompaniyalar uchun istiqbolli boshlangʻich loyihalarni, tashqi iqtisodiy zonani, shu jumladan ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan integratsiyalashgan holda ishga tushirish va bozorga chiqarishni taʼminlash uchun moʻljallangan obyektlar, bino va inshootlar majmuasi. IT sohasida faol va iqtidorli insonlar buxgalteriya hisobi, yuridik, marketing va taʼlim orqali oʻz gʻoyalarini haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻladigan joy.